Farog'at Qasri

Baxtli oila ilm bilan quriladi

"Farog'at qasri" — oila qurishga tayyorlanayotgan yoki oila qurgan har bir erkak va ayol uchun jonli onlayn kurs.

Kurs haqida
Ikrom Sharif
Ustoz Ikrom Sharif Darslar shaxsan Ikrom Sharif ustoz tomonidan jonli onlayn tarzda o'tiladi.

Bitiruvchilar fikri — raqamlarda

9.6/10 kursni yaqinlarga tavsiya qilish bahosi
78% bitiruvchi eng yuqori — 10 ball berdi
84% «bu kursni o'qish shart» deb javob berdi
Kurs haqida

Kurs kimlar uchun?

Oilaning har bir bosqichida kerak bo'ladigan ilm: juft tanlashdan tortib, er-xotinning haq-huquqlari va kundalik muloqotgacha.

Oila qurishga tayyorlanayotganlar

Nima uchun oila quramiz, umr yo'ldoshni qanday tanlaymiz va qaysi belgilarga albatta e'tibor berish kerak.

Oila qurganlar

Huquq va majburiyatlar muvozanati, qaynona-qaynota bilan munosabat, rashk va muammolarga to'g'ri yondashuv.

Erkaklar va ayollar — alohida

Mavzular erkaklar va ayollar guruhlari uchun alohida o'tiladi — har biri eshituvchiga xos qilib tushuntiriladi.

Kurs dasturi

3 ta katta mavzu, 4 ta dars

Har bir mavzu amaliy savollarga javob beradigan bo'limlardan tashkil topgan.

I-mavzu

Baxtli turmush siri: juft tanlash san'ati

  • Nima uchun oila quramiz?
  • Necha yoshda oila qurish kerak?
  • Umr yo'ldosh tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak?
  • Inson kim bilan baxtli oila qura oladi?
  • Uchrashuvda qanday savollar beriladi?
  • Qadriyatlar mosligi nimasi bilan muhim?
  • His-tuyg'u va aql muvozanati
  • Sevgi va mas'uliyat o'rtasidagi farq
  • Ota-ona va muhitning tanlovga ta'siri
  • "Qizil chiziqlar" — e'tibor berilishi shart bo'lgan belgilar
II-mavzu

Er-xotinlik akademiyasi: huquqlar, burchlar va yechimlar

  • Oilada kimdir bosh bo'lishi kerakmi?
  • Huquq va majburiyatlar orasidagi muvozanat
  • Erning majburiyatlari nimalardan iborat?
  • Xotinning majburiyatlari nimalardan iborat?
  • Mushtarak majburiyatlar nima?
  • Ota-onaning o'rni (qaynota va qaynona)
  • Tabiatlarni hisobga olish
  • Erkak va ayol rashki
  • Muammo va yechimlarga yondashuv
  • Ish va oila
  • Ro'zg'ordagi yumushlar
  • Osuda oilaning ustunlari
  • Er-xotin bir-biriga kim?
III-mavzu

Sog'lom muloqot asoslari

  • Muloqot vositalari
  • Tinglash madaniyati
  • Ochiq va aniq ifoda
  • Hurmat va chegara
  • Hissiyotni boshqarish
  • Mas'uliyatni o'z zimmasiga olish
  • Xato emas, chora izlash
  • O'zini tutish va sabr mashqlari
  • Samimiyat
  • Tag'oful
  • Kechirim va unutish
Format Jonli onlayn darslar
Hajmi 3 mavzu, 4 dars
Guruhlar Erkaklar va ayollar alohida
Boshlanish 19-oktyabr
Bitiruvchilar fikri

Kursdan keyin nima o'zgardi?

«Noto'g'ri tushuncha bilan tuzilgan bitim ikki barobar noto'g'ri bo'ladi. Har bir turmush qurayotgan bu kursdan manfaat oladi — buzilgan tushunchalar to'g'rilanadi.»
AAbdulazizKurs bitiruvchisi
«Turmush o'rtog'imga haqiqatan xizmat qilishni boshladim. Buni xo'jayinim ham sezdilar — "yana kurs ochilsa o'qiyver" deyaptilar.»
OO'g'iloyKurs bitiruvchisi
«Boshida ikkilandim — axir kitoblar o'qiganman-ku, deb. Lekin ustoz bilan o'rganish boshqacha ekan: ilm komilroq shakllanadi, bo'shliqlar to'ladi.»
QQurbonxo'jaKurs bitiruvchisi
«Mahrim to'g'risida so'rashga hijolat bo'lib yurardim. Kurs orqali chiroyli yo'l bilan so'rashga ilhom keldi. Muloqot asoslari muammolarimga yechim bo'ldi.»
MMuxlisaKurs bitiruvchisi
«Oila o'ta murakkab emas — agar ilmini bilsak, sakinatga yetishamiz. Uylanayotgan do'stimga bilganlarimni aytdim, uning oila haqidagi tasavvuri o'zgardi.»
AAzimbekKurs bitiruvchisi
«Hayot — tajriba maydoni. Hali qadam bosmagan maydonga tayyor bo'lib kirish uchun bu kurs shart.»
AAbdurrohmanKurs bitiruvchisi

Oila ilmini ustoz bilan jonli, onlayn o'rganing

Kurs narxi 400,000 so'm
3mavzu
4dars
19-oktboshlanish
Menejerga yozish